Mijoz bilan erkin muloqot
Ovozli AITelefonda tabiiy suhbat. Savollarga javob, taomnoma bo‘yicha maslahat, manzil va yetkazish vaqtini aniqlash.
Kiruvchi va chiquvchi qo‘ng‘iroqlar, buyurtma olish va mijozlar xizmati — bitta platformada. Brauzerda sinab, telefon liniyasiga ulang.
Ismingiz va raqamingizni qoldiring — shu yerning o‘zida, brauzer orqali sun’iy intellekt operatorimiz bilan gaplashasiz: o‘zbek, rus, tojik, qirg‘iz yoki qoraqalpoq tilida — qaysi tilda gapirsangiz, shu tilda. Savol bering, bahslashing, sinab ko‘ring — mijozlaringiz aynan shunday suhbatni eshitadi.
Bir xil gap har bir tilda — ayol va erkak ovozida. Tilni tanlang va tinglang.
Model o‘zbek tilida o‘rgatilgan: sheva, xalq tilidagi manzil va nomlarni tushunadi. Rus, tojik, qirg‘iz va qoraqalpoq tillarida ham gaplashadi — mijoz qaysi tilda gapirsa, shu tilda javob beradi.
AI menyu va narxlarni kabinetingizdagi ma’lumotdan oladi, mijozga takrorlab tasdiqlatadi va buyurtmani o‘zi tizimga kiritadi.
Assalomu alaykum! Bingo center, sizni eshitaman.
Salom, ikkita pishloqli lavash bormi?
Bor, albatta — bittasi o‘ttiz ming so‘m. Ichimlik ham olasizmi?
Yo‘q. Chilonzor, to‘qqizinchi kvartal, o‘n ikkinchi uy.
Ikkita pishloqli lavash, Chilonzor 9-kvartal, 12-uy. Jami oltmish ming so‘m. Tasdiqlaymi?
Ha.
Buyurtma A-101 yaratildi · eng yaqin filialga yuborildi
Qabul qilindi! Qirq daqiqada yetib boradi. Yoqimli ishtaha!
Texnik murakkabliklarsiz: qaysi jarayonni avtomatlashtirmoqchisiz — shuni tanlang.
AI darhol javob beradi — navbat yo‘q, kutish yo‘q.
Tabiiy suhbat: mahsulot, manzil va vaqtni aniqlaydi.
Narxni aytadi, tasdiqlaydi va tizimga kiritadi.
Manzilni geokodlab, eng yaqin filialga yo‘naltiradi.
Agent, mijozlar, taomnoma va qo‘ng‘iroqlar — bitta qulay kabinetda boshqariladi.
Telefonda tabiiy suhbat. Savollarga javob, taomnoma bo‘yicha maslahat, manzil va yetkazish vaqtini aniqlash.
Barcha buyurtmalar real-time tartibda. Xarita ustida zonalar va filiallar, ko‘cha aliaslari va statistikalar.
Xalq tilidagi norasmiy manzil va laqablarni avtomatik rasmiy xarita koordinatalariga bog‘laydi.
Mijoz qaysi tilda gapirsa — o‘zbek, rus, tojik, qirg‘iz yoki qoraqalpoq — shu tilda javob beradi. Qozoq tili tez orada. Kabinet to‘rt tilda: o‘zbek (lotin va kirill), rus va ingliz.
Har qanday buyurtma va xizmat ko‘rsatish sohasiga mos — bir necha qadamda ishga tushiring.
Qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish, taomnoma tavsiya qilish, manzilni olib filialga biriktirish.
Menyu · filiallarga taqsimot · xarita24/7 savollarga javob berish, buyurtma holatini tekshirish, shikoyat va takliflarni yozib olish.
FAQ · navbat · real-time monitoringVaqt belgilash, mijozga eslatma qo‘ng‘iroqlari, bekor qilish yoki vaqtni o‘zgartirish.
Jadval · eslatma · SMSMijozlar ro‘yxati bo‘yicha avtomatik qo‘ng‘iroqlar — yangi taomlar va maxsus takliflar.
Kampaniyalar · ovozli xabarlarOperatorlaringiz murakkab ishlar bilan band bo‘lsin — takrorlanadigan qo‘ng‘iroqlarni AI oladi.
| Oddiy operator | ErgeNext | |
|---|---|---|
| Ish vaqti | Smena, dam olish va bayram kunlari | 24/7, har kuni |
| Javob berish | Band bo‘lsa — mijoz kutadi | Darhol, bir vaqtda bir nechta qo‘ng‘iroq |
| Menyu va narxlar | Yodlaydi, adashishi mumkin | Kabinetdagi ma’lumotdan aytadi, o‘ylab topmaydi |
| Buyurtma | Qo‘ng‘iroqdan keyin qo‘lda kiritiladi | Suhbat davomida avtomatik kiritiladi |
| Manzil | Xaritadan qo‘lda qidiriladi | Geokodlanadi, eng yaqin filialga yuboriladi |
| Xarajat | Maosh, soliq, ish joyi, o‘qitish | Daqiqasi 350 so‘mdan — faqat gaplashilgan vaqt |
O‘z raqamlaringizni kiriting — hozirgi xarajatni ErgeNext narxi bilan solishtiramiz.
Taxminiy hisob. Aniq narx qo‘ng‘iroqlar hajmi va sozlamalarga bog‘liq — menejerimiz hisoblab beradi.
Qat’iy tarif yo‘q: kerakli modullarni belgilang va faqat gaplashilgan daqiqa uchun to‘lang. Hajm oshgani sari daqiqa arzonlashadi.
Har doim bepul: Sozlamalar, Foydalanuvchilar, Balans va tarif, Mijozlar, Filiallar.
Oy boshidan jami daqiqa qaysi pog‘onaga yetsa, keyingi daqiqalar o‘sha narxda. Yashirin to‘lov yo‘q.
To‘lov balansdan yechiladi: modullar oyiga bir marta, daqiqalar har qo‘ng‘iroqdan keyin. Modulni istalgan vaqtda yoqish yoki o‘chirish mumkin.
Qisqa va aniq — barcha qiziqtirgan savollaringizga javoblar.
O‘zimizning maxsus o‘zbek tilida o‘rgatilgan AI modeli orqali mijozlar bilan tabiiy ovozda muloqot qiladi va taomlarni tushunadi.
O‘zbekiston SIP raqamlari orqali agentga ulanadi yoki SIM kartadan call-forwarding qilinadi.
Har bir filial o‘zining maxsus filial paneliga ega. Yangi buyurtma tushganda Supabase Realtime orqali avtomatik audio signal chalinadi.
Tizimda lokal ko‘cha laqablari/aliaslari bazasi mavjud. Agent mijoz aytgan norasmiy nomni xaritadagi rasmiy ko‘chaga aylantirib filialga biriktiradi.
24/7 rejimida ishlaydigan sun'iy intellekt operatorini 1 kunda ulash uchun ma'lumotlaringizni qoldiring.